Market o'zi ishlaydi. Siz faqat istisnolarni ko'rasiz.

Xodimlar davomati, nasiya daftari, kassa, ta'minotchilar va oylik — bitta Telegram bot va web panelda. Har kuni ertalab rahbarga faqat aralashish kerak bo'lgan narsalar keladi.

Bugun ertalab, 09:00

  • Kassa farqi: 85 000 so'm kam. Izoh berilmagan.
  • Muddati o'tgan nasiya: 6 mijoz, jami 4 350 000 so'm
  • Kechikkanlar: Rahmatillo (14 daq), Tolibhon (22 daq)
11 / 12xodim ishda
18,4 mlnkechagi savdo
2tasdiq kutmoqda

Davomat telefonda

Xodim «Keldim» bosadi: joylashuv va selfi. Market hududidan tashqarida qabul qilinmaydi. Kechikish va oylik o'zi hisoblanadi.

Nasiya — mijoz tasdig'i bilan

Har bir nasiya mijozga Telegram'da boradi: «to'g'ri» yoki «men olmaganman». Limit, muddat va eslatmalar avtomatik.

Kassada yashirin pul yo'q

Har bir xarajat chek bilan, katta summalar rahbar tasdig'i bilan. Kun oxirida kutilgan naqd bilan sanalgan naqd solishtiriladi.

Ta'minotchilar va konsignatsiya

Kimga qancha qarzmiz, qachon to'lash kerak. Nakladnoy suratidan summani sun'iy intellekt o'qiydi.

O'zbekcha yordamchi

«Bu hafta kim ko'p kechikdi?», «Qaysi mijozning qarzi oshib ketdi?» — matn yoki ovoz bilan so'rang, bazadan aniq javob oling.

Panel istalgan joyda

Kompyuterda brauzer orqali, telefonda Telegram ichida. Hududni xaritada belgilaysiz, qoidalarni o'zingiz sozlaysiz.

Marketingizda 1 kunda ishga tushiramiz

Uskuna kerak emas — xodimlarning telefoni yetarli.